Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

«Jannat mevasi»ning shifobaxsh xususiyatlari

Anjirni bejiz jannat mevasi, deyishmaydi. Zero, u foydali va shifobaxsh xususiyatlarni jamlagan sandiqqa o‘xshaydi. Och sariq yoki siyohrang tusli noksimon bu meva vitamin va quvvatbaxsh moddalari bilan insonga salomatlik, go‘zallik va yoshlik baxsh etadi.

Qadimdan uning quyidagi foydali xususiyatlari ma’lum:

- Anjir mevasi siydik va ter haydash xususiyatiga ega.

- Zaharlanishni anjir bilan davolash mumkin. Chunki uning tarkibidagi moddalar oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilab, undan zaharni haydab chiqaradi, buyrak va jigar faoliyatini yaxshilaydi.

- Anjir boshqa kasalliklarda ham qo‘llanadi: tomoq og‘rig‘i va yo‘talda anjirning ustiga issiq sut quyib, bir muddat dimlab qo‘yiladi va ovqatdan oldin bemorga ichiriladi.

- Anjirning isitmani tushirish xususiyati ham ma’lum. Buning uchun isitmalayotgan bemorga quritilgan anjir mevasidan damlama tayyorlab ichirish kerak.

- Anjir qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi. Shu sababli u yurak qon-tomir xastaliklari va semirishda benazir vositadir.

Anjir tarkibida katta miqdorda temir moddasi bor. Shu bois kamqonlikda foyda beradi.

- Anjirdan tayyorlangan sharbat ichni yumshatadi. Hatto anjir murabbosini issiq choyga solib ichish bilan ham ayni natijaga erishish mumkin.

- Sutda qaynatilga anjir mevalari yiringli yaralarga bosilsa, ular tezroq pishib, yoriladi.

- Agar qo‘l yoki oyog‘ingizda qadoqlaringiz bo‘lsa, tunda ularning ustiga anjir mevasini kesib, bog‘lang. Tez orada qadoqlar ko‘chib tushadi.