“Sharq taronalari” festivali ishtirokchilari “jannat mevasi”dan bahramand bo‘ladi

Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari R.Qobilov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilishicha, “Sharq taronalari” XII xalqaro musiqa festivaliga tashrif buyuruvchi mehmonlarning sayohat marshrutiga ilk bor Samarqand shahar Bog‘ibaland mahallasidagi Anjirzorlar  kiritildi.

Endi mehmonlar Samarqanddagi Amir Temur bog‘laridan hisoblangan Bog‘ibaland anjirzorlariga tashrif buyurib, jannat mevasi bo‘lgan anjirdan tanovul qilishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Samarqand viloyat hokimi E.Turdimov viloyatda turizmni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda Samarqand anjirzorlarini turistik marshrutga kiritish yuzasidan o‘z takliflarini bildirgan edi.