Anjir qanday kasalliklarni davolaydi?
- 10.10.2020 21:14
- 620
- Salomatlik
Diyetolog Feruza Axmedova:
- Anjir mevasi juda ko‘p kasalliklarda foydali. Masalan, balg‘am ko‘chirish uchun uning mevasini xom holatda iste’mol qilish kerak. Yo‘talni davolashda esa mevasini 15 daqiqa sutga qaynatib, ichish kerak.
Undan tashqari, anjir peshob haydash, isitmani tushirish xususiyatiga ham ega. Kalsiyga boyligi sabab bo‘g‘im og‘riqlarida 2 oy davomida kechqurun yotishdan oldin bitta mevasini yesangiz, zararlangan to‘qimalarni tiklashga yordam beradi.
Tarkibidagi temir moddasi olmadagidan ham ko‘proq va bu kamqonlikda samarali davo chorasidir.
Manba: "Oydin hayot LIVE" dasturi. O‘zbekiston telekanali.
Teglar:
Anjir