Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Jomboy tumaniga hokim tayinlandi

Jomboy tumanida o‘tkazilayotgan xalq deputatlari Jomboy tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi.

Jomboy tumani hokimi vazifasida faoliyat olib borgan To‘ychiyev Hamza Hakimovich o‘z arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etildi.

Sessiyada deputatlar tomonidan Sobirov Qayum Hamrayevich nomzodi Jomboy tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.