Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kattaqo‘rg‘on shahrida «Ezgulik elchilari» nomli xayriya guruhi tashkil etildi

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi G.Alimova kam ta’minlangan oilalar holidan xabar oldi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi rahbarligida shahardagi mavjud mahallalarning kam ta’minlangan xonadonlariga tadbirkorlar ko‘magida oziq-ovqat mahsulotlari, tibbiy niqob va shaxsiy gigiyena vositalari bepul tarqatildi.

G.Alimova Yermachit, Oqoltin, Navbahor mahallalarida bo‘lib, hamshaharlarimiz holidan xabar oldi.

- Kattaqo‘rg‘on shahrida koronavirus pandemiyasi sabab karantin e’lon qilingach,  oziq-ovqat mahsulotlari narxida sun’iy o‘zgarish paydo bo‘ldi. Shunday kunlarda hamshaharlarimizga oz bo‘lsa-da, ko‘mak berish maqsadida mehr-muruvvat aksiyasini boshladik, - deydi «Samkat oaziz durdonasi” MChJ rahbari E.Qo‘chqorov.

Shuningdek, Kattaqo‘rg‘on shahrida “Ezgulik elchilari” nomli ko‘ngillilardan iborat telegram guruhi tashkil etildi.

Ular orasida kattaqo‘rg‘onlik tadbirkorlar, shijoatli yoshlar soni oshib borayotir. Hokim volontyor yoshlarga minnatdorchilik bildirdi.

“Ezgulik elchilari” guruhi yetakchilari mahallama-mahalla yurib, ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari - go‘sht, yog‘, un, guruch, shakar hamda tibbiy niqoblar tarqatmoqda.

Savob ishlar hafta mobaynida davom etadi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.