Kattaqo‘rg‘on shahridagi sayyor qabulda fuqarolarning 183 ta murojaati tinglandi
- 01.02.2020 16:54
- 147
- Dolzarb

Kattaqo‘rg‘on bolalar va o‘smirlar sport maktabida viloyat va shahar hokimliklari, sektorlar va boshqarmalar rahbarlarining ommaviy sayyor qabuli o‘tkazildi.
5 soat davom etgan sayyor qabulda 183 ta murojaat tinglandi. Unda asosan ishsizlik, ichimlik suvi, uy-joy, yo‘l qurilishi, elektr, gaz kabi masalalar bo‘yicha murojaatlar bo‘ldi. Murojaatlarning aksariyati joyida hal qilindi, ayrimlariga muddatlar belgilandi.
- Ikki yildan buyon qizim o‘ziga munosib ish topolmayotgan edi, - deydi Matluba Egamberdiyeva. – Sayyor qabulda murojaatim tinglanib, shu kunning o‘zida ijobiy hal etildi. Qizim bog‘chaga ishga joylashtirildi. Xalq dardini tinglab, uni hal etishda ko‘mak berayotgan insonlarga katta rahmat.
Baxtiyor MUSTANOV.
Teglar:
Sayyor qabul
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Hech narsaga qaramay tirik qolish...
- Kecha, 22:20
- O'qing, qiziq!
“Ayollar daftari” - doimiy yordam mashinasi emas
- Kecha, 16:59
- Jamiyat
Kitob ko‘p, nega kitobxon kam?
- Kecha, 16:50
- Mutolaa
Ma’naviyat bir qadam oldinda bo‘lishi kerak
- Kecha, 16:35
- Madaniyat