Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kichik tadbirkorlik xizmatlari hajmi 7885 milliard so‘mga yetdi

Joriy yilning 11 oyida qishloq joylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari 3910,4 milliard so‘m yoki umumiy ko‘rsatilgan xizmatlarning 35,1 foizini (2018 yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 108,5 foiz) tashkil qildi.

Kichik tadbirkorlik xizmatlari hajmi 7885,1 milliard so‘mga yetdi va 2018 yil 11 oyi bilan solishtirganda 1148,9 milliard so‘mga oshdi. Kichik tadbirkorlikning ulushi ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmida 70,8 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan taqqoslaganda 3,2 foizga kamaydi.

Ularning ulushi kamayganligi ko‘proq yirik korxonalar hajmining oshishi bilan izohlanadi. Ya’ni, bank xizmatlarining oshishi hamda foizlarning yuqoriligi, depozitariylarning xizmatlar (omonatlar bo‘yicha xizmatlar) foizlari ko‘payganligi, havo transportining tashish va logistika xizmatlari, oliy ta’lim muassasalarida to‘lov shartnomalarining oshishi va o‘qish uchun qo‘shimcha to‘lov asosida talabalar qabul qilinishida kuzatildi.

Samarqand viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati.