Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kuz o‘tib boryapti, qish yaqinlashmoqda, ko‘mirdan esa darak yo‘q

Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati telegram kanalida xabar berilishicha, hokimlik tomonidan tuzilgan ishchi guruh tumanning Bozorjoy mahallasi Saksonchel qishlog‘idagi 49-umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyatini o‘rgandi.

Maktab 2007 yilda qurilgan binoda joylashgan. Ammo ayrim sinfxonalarda sobiq ittifoq davridan qolgan, o‘quvchilar o‘tirganida kiyimlarini “tishlab” qoladigan eski partalar borligi afsuslanarli. Shuningdek, hududlarda kuz-qish mavsumida aholi va ijtimoiy ob’yektlarni ichimlik suvi, gaz, elektr energiyasi, ko‘mir bilan ta’minlash, bu borada yuzaga kelayotgan muammolarni zudlik bilan bartaraf etish maqsadida hokimliklar, ijtimoiy soha tashkilotlari va kommunal soha korxonalari tomonidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilishi lozim bo‘lgan bir paytda maktabning ko‘mirxonasi bo‘m-bo‘shligi ajablanarli.

- Maktabga ko‘mir yetkazib berilmagani bor gap, - deydi muassasa direktorining xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Otabek Turdibekov. – Ikkita sinfxonaga eski partalarning joylashtirilgani sababi maktabda 10-11 sinflar qayta tashkil etilgach, o‘quvchilarga jihozlar yetishmay qoldi. Shuning uchun yangi jihozlar berilgunga qadar eski partalardan foydalanib turibmiz.

Tumandagi 87-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘ngildagidek emasligi suratlardan ko‘rinib turibdi. Isitish tizimi quvurlarini o‘tkazish uchun o‘yilgan devorlar ta’mirlanmagan, qozonxonalarning ahvoli achinarli holatda.

Mavjud muammolar o‘rganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga zarur topshiriqlar berildi.