443 ta olis qishloqda ko‘mir, gaz va oziq-ovqat zaxiralari yaratiladi
“Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’yektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2022/2023 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (522-son, 23.09.2022 y.) qabul qilindi. Bu haqida Huquqiy axborot ma’lum qildi.
🔰 Qarorga ko‘ra, 2022/2023 yillar kuz-qish davrida respublika bo‘yicha:
🔹 2,967 ta ko‘p kvartirali uylar;
🔹 299 ta gaz taqsimlash punktlari;
🔹 1,815.3 kilometr ichimlik suvi tarmoqlari;
🔹 2,420 ta ijtimoiy soha ob’yektlari (jumladan, 13 ta maktab, 74 ta shifoxona va poliklinika, 7 ta OTM, 47 ta madaniyat ob’yektlari, 11 ta sport ob’yektlari mukammal) ta’mirlanadi;
🔹 149 kilometr gaz quvurlarini tiklash-ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi;
🔹 6,209 ta mahallaga 314,400 tonna suyultirilgan gaz yetkazib beriladi;
🔹 1,680,000 tonna ko‘mir mahsulotlari zaxirasi yaratiladi (shundan ijtimoiy soha ob’yektlariga 518,000 tonna ko‘mir yetkazib beriladi);
🔹 443 ta olis va borish qiyin bo‘lgan qishloq (ovul)larda ko‘mir, gaz va oziq-ovqat zaxiralari yaratiladi.