Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Korean Air” Samarqandga aviaqatnov tashkil etishni rejalashtirmoqda

2020 yil 14 yanvar kuni “Korean Air” aviakompaniyasi vakillari, hududiy menejer Park Jae-Yoon, hamda savdo va marketing bo‘yicha menejer B.Rajabov bilan Samarqand viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti direktori D.Narziqulov amaliy uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda viloyat turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda Janubiy Koreyaning ushbu yirik aviakompaniyasi faoliyati haqida atroflicha ma’lumot berildi va mazkur aviakompaniya hozirda O‘zbekistonga haftasiga uch marta aviaqatnovni amalga oshirayotgani ta’kidlab o‘tildi.

Suhbat chog‘ida Park Jae-Yoon Xitoy, Koreya va Yaponiyadan turistlar oqimini ko‘paytirish hamda Koreyadan Samarqandga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni amalga oshirish rejasi borligini ta’kidladi. Turizmni rivojlantirish departamenti direktori D.Narziqulov Samarqandning sayyohlik salohiyati hamda mazkur sohada infratuzilmalarni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘zlab berdi.

"Korean Air" yo‘lovchi tashish qamrovi bo‘yicha dunyodagi eng yirik aviakompaniyalarning birinchi yigirmataligiga kiradi va xalqaro yo‘nalishlarda dunyoning 45 ta mamlakatiga, jumladan, 128 shaharga muntazam reyslarni amalga oshirib kelmoqda.