Koronavirusga qarshi emlashda mumkin bo‘lmagan 5 ta asosiy holat bor
Jorj Meyson universiteti (AQSh) tizimli biologiya maktabi professori, Rossiya Fanlar akademiyasi Tibbiy genetik tadqiqotlar markazi bosh ilmiy xodimi Ancha Baranova koronavirusga qarshi emlashda mumkin bo‘lmagan beshta asosiy ko‘rsatmani aytib o‘tdi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Mutaxassis ta’kidlashicha, o‘tkir nafas yo‘llari infeksiyalari, koronavirusga ijobiy test, «post-holat» (koronavirus infeksiyasining 12 haftagacha davom etadigan uzoq muddatli oqibatlari), IgM antitellar va og‘ir kasallik mavjud bo‘lgan taqdirda emlanmaslik kerak.
Agar qonda M immunoglobulini aniqlangan bo‘lsa, bu organizmda immunitet javobi shakllanishda davom etayotganidan dalolat beradi, deydi professor. Ya’ni, bu PCR-testi salbiy bo‘lsa ham inson virus bilan aloqadaligini tushuntiradi. Ehtimol, virus ichaklarda yoki boshqa joyda "yashiringan" bo‘lishi mumkin. Ushbu holat persistensiya (mikroorganizmlarning patogen turlarining egasi tanasida uzoq muddatli yashash qobiliyati) deb ataladi, dedi Ancha Baranova.
Biolog organizmda IgM bo‘lmagan holda faqat IgG antitellar mavjudligini «post-holat» deb atadi. Ya’ni, IgG mavjudligida emlash mantiqsiz bo‘lib, uni keyinga qoldirgan ma’qul.
Professor, shuningdek, immunosupressiya (ayrim sababga ko‘ra immunitetni tushishi) yoki parishonxotir skleroz kabi kasalliklarga qarshi ko‘rsatmalarga ishora qildi. Bunday holatda bemor o‘z shifokori bilan maslahatlashgani ma’qul.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mart oyida O‘zbekistonda koronavirusga qarshi ommaviy vaksinalash boshlanishi mumkin. Sputnik bugungi kunda eng ommaviy 3 ta vaksina haqida batafsil ma’lumot to‘pladi.
O‘zbekiston 2021 yilning iyun oyiga qadar aholining 60 foizini emlashni rejalashtirgan. Ushbu maqsad uchun 2021 yilda 3 trillion so‘m mablag‘ ajratilgan.
Bugungi kunda dunyoda yetakchi 3 ta vaksina bor: Pfizer va BioNTech (AQSh Buyuk Britaniya), Sputnik V (Rossiya) hamda Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutica (Xitoy). Ushbu vaksinalar samaradorlik darajasi 90 foizdan yuqori bo‘lib emlash ikki bosqichda amalga oshiriladi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda 9 ming kishi Xitoy vaksinasi bilan sinov tariqasida emlanmoqda. Yaqin vaqt ichida Pfizer BioNTech hamda Sputnik V vaksinalari ham ro‘yxatga olinadi.
G.Xoldorova tayyorladi.