Maktab direktori 2 million so‘m pora bilan qo‘lga tushdi
- 17.12.2019 17:12
- 1209
- Jinoyat va jazo

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan Angor tumani prokuraturasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda tumandagi 26-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori O.X. qo‘lga olingan. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, maktab direktori o‘qituvchi N.Y.ni maktabdan bo‘shatmaslik evaziga ta’magirlik yo‘li bilan 2 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prokuraturaga yuborilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Ijodiy imtihon bo‘lg‘usi jurnalistlarni saralaydi
- Kecha, 21:34
- Ta’lim
Yadro faqat xavf degani emas...
- Kecha, 18:26
- Jamiyat