Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Mamlakat hududidan yirik miqdordagi naqd xorijiy valyutalar yashirincha olib chiqilishining oldi olindi

Bojxona xodimlari tomonidan naqd xorijiy valyutalarni bojxona chegaralaridan turli noqonuniy yo‘llar bilan olib o‘tilishiga qarshi samarali kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “Navoiy” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan, ushbu postga piyoda holda kirib kelgan fuqaro O.A. bojxona nazoratidan o‘tkazilganda fuqaroning egnidagi kiyimi cho‘ntaklariga yashirilgan, og‘zaki so‘rovda taqdim qilinmagan va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan 40 000 AQSh dollari yashirilganligi aniqlandi.

“G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan ham shunga o‘xshash holat aniqlandi.

Ushbu post orqali qo‘shni davlatga yo‘l olgan U.N. va I.X. ismli shaxslar ham bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, ular qariyb 20 ming AQSh dollari miqdoridagi naqd xorijiy valyutalarni kiyimlariga yashirib, respublikamizdan noqonuniy ravishda olib chiqmoqchi bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi.

DBQ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.