Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ming so‘mlik pista po‘chog‘i 111,5 ming so‘mga tushdi

Bugun respublikamiz bo‘ylab ommaviy obodonlashtirish hashari o‘tkazildi. Afsuski, ushbu xayrli ishlarga befarq kimsalar ham oramizda bor.

Ayni shu kunlarda Bulung‘ur tumani ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha nazorat inspeksiyasi tomonidan tumanning markaziy ko‘chalarida tozalik va ozodalikni saqlash, chiqindilarning aholi tomonidan belgilanmagan joylarga tashlanishining oldini olish bo‘yicha nazorat-reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.

Jumladan, bugun, 14 mart kuni inspektorlar nazoratiga tushgan fuqaro M.M. avtomashinada ketayotib, pista po‘choqlarini belgilanmagan joyga, avtomashinaning oynasidan yo‘lga tashlagan.

Holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, fuqaroga nisbatan 111 500 (bir yuz o‘n bir ming besh yuz) so‘m miqdorida jarima belgilandi.

Hurmatli fuqarolar! Hududimizni toza va ozoda saqlaylik. Zero, obod yurtga bayramlar yarashadi.

Bulung‘ur tumani hokimligi axborot xizmati.