Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Mobil targ‘ibot avtomashinasi o‘quvchi-yoshlarning xushyorligini oshirishga xizmat qilmoqda

Mamlakatimizda haftaning har jumasi - yo‘l harakati xavfsizligi kuni sifatida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Kecha, 13 dekabr kuni viloyat IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari mobil targ‘ibot avtomashinasida joylarga chiqib, tushuntirish ishlari olib bormoqda.

Samarqand shahridagi 30-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan tadbirda maktab o‘quvchilariga yo‘l harakati qoidalariga amal qilish, xushyorlik va sergaklik, belgilangan piyodalar o‘tish yo‘lagidan harakatlanish qoidalari o‘rgatildi.

Maktab o‘quvchilariga mobil targ‘ibot avtomashinasiga o‘rnatilgan monitor orqali turli hududlarda sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari tasvirlangan videoroliklar namoyish etildi. Ularning kelib chiqish sabablari misollar asosida so‘zlab berildi.
Bu kabi tadbirlar viloyatning barcha tuman va shaharlarida tashkil etilmoqda.

Viloyat IIB YHXB axborot xizmati.