Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Narpayda MTPdan qariyb 131 million so‘m soliq qarzdorligi undirildi

Kattaqo‘rg‘on tumanlararo iqtisodiy sudining qaroriga asosan “Oqtosh texmadadkor” mashina-traktor parkidan Narpay tumani davlat soliq inspeksiyasi foydasiga soliq qarzdorligini undirish belgilangan.

Mazkur hujjat asosida Majburiy ijro byurosi Narpay tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilib, tomonlarga yuborilgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli bankdagi hisob-raqamiga davlat ijrochisining qaroriga asosan band solingan va unga tegishli bo‘lgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida so‘rov xatlari yuborilgan.

Ushbu ijro hujjati bo‘yicha qarzdor “Oqtosh texmadadkor” mashina-traktor parkidan undiruvchi foydasiga 130 million 968 ming so‘m soliq qarzdorligi undirildi.

Majburiy ijro byurosi Narpay tumani bo‘limi.