Non uchun kompensatsiya puli kimlarga to‘lanadi?
- 18.02.2020 15:42
- 387
- Yo‘riqnoma
Quyidagilarga un va qolipli non xarid qilish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarni qoplash uchun 50 000 so‘m miqdorida har oylik pul kompensatsiyasi to‘lanadi:
- yoshga doir va nogironligi bo‘yicha nafaqa oluvchilar;
- boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi va nafaqasi (har bir boqimandaga) oluvchilar;
- bolalikdan nogironligi bo‘lgan 16 yoshdan katta shaxslar;
- 16 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar;
- 18 yoshga to‘lmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslar;
- belgilangan eng kam yoshga doir pensiyaning miqdoridan kam pensiya oluvchilar;
- 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar parvarishi uchun tayinlangan nafaqa oluvchilar;
- moddiy yordam oluvchi oilalar;
- 14 yoshgacha bo‘lgan bolalari uchun tayinlangan nafaqani oluvchi oilalar;
- belgilangan eng kam yoshga doir pensiya miqdorida pensiya oluvchilar.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Siz ham his qildingizmi?
- 2 soat avval
- Samarqand
ЮНЕСКО Бош директори Самарқандга келди
- Bugun, 08:49
- Samarqand
Kitoblarda jo bo‘lgan tarix, ijod va hayot
- Kecha, 19:56
- Jamiyat