Nurobod tumanida hayvonot bog‘i borligini bilasizmi? (foto)

Nurobod tumanining Jom mahallasida 2018 yilda “Obod qishloq” dasturi doirasida keng ko‘lamli qurilish obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgan edi.

Olib borilgan bunyodkorlik ishlari odamlarga o‘zgacha shijoat bag‘ishlab, hududda kun sayin yangilanish, o‘zgarish kuzatilmoqda. Ana shunday ijobiy o‘zgarishlardan birini ushbu mahallada yashovchi Yormatovlar oilasi amalga oshirdi.

Gap shundaki, Nurbek Yormatovning tashabbusi bilan “Jom zamini ziyosi” mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil qilinib, tumanda yagona hisoblangan hayvonot bog‘ini barpo etildi.

Bog‘da bugungi kunda 15 ga yaqin hayvonot turlari hamda 20 turdan ortiq qushlarning parvarishlanmoqda.

N.Yormatovning ta’kidlashicha, ushbu hayvonot bog‘i tuman aholisi va hududga tashrif buyurayotgan mehmonlarga O‘rta Osiyoda kam uchraydigan flora va fauna dunyosidan xabardor bo‘lishga imkoniyat yaratadi.