Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Livandagi peyjer portlashlariga aloqador bo‘lgan tadbirkor g‘oyib bo‘ldi. Xitoyda koronavirusning asl manbasi aniqlandi

🔹 Livanga peyjerlar yetkazib berish bilan shug‘ullangan Norta Global Bolgariya kompaniyasiga egalik qiluvchi norvegiyalik tadbirkor Rinson Yosi ommaviy portlashlar kuni g‘oyib bo‘lgan.

🔹 Pentagon: Qo‘shma Shtatlar Ukraina Qurolli kuchlarining Rossiyaga uzoq masofali raketalar bilan zarba berishga qo‘yilgan taqiqning bekor qilinishi mojaroda hal qiluvchi omil bo‘lishiga ishonmaydi. Kecha Yevroparlament Ukraina qurolli kuchlariga Rossiya hududiga zarbalar berishga ruxsat berishga chaqiruvchi rezolyusiyani qabul qilgandi.

🔹 Isroil 15 yildan beri Livan hududida peyjerlarni portlatish operatsiyasini rejalashtirgani ma’lum bo‘ldi.

🔹 BMT Livandagi portlashlarni xalqaro huquqning buzilishi deb atadi.

🔹 Migrantlar har qanday huquqbuzarlik uchun fuqarolikdan mahrum qilinadi. Bunday qonun loyihasi Rossiya Davlat Dumasiga taqdim etilgan. Hujjatga ko‘ra, qoidabuzarlar bilan birga ularning oila a’zolari ham deportatsiya qilinadi.

🔹 Xitoy, amerikalik va yevropalik olimlar koronavirus butun Xitoy bo‘ylab, so‘ngra butun dunyo bo‘ylab Uxan dengiz mahsulotlari bozoridan tarqala boshlaganini isbotladi. Ular 2019 yil oxiri — 2020 yil boshida bozorda to‘plangan koronavirus genomi bo‘laklari tuzilishini o‘rganishdi va aytilishicha, infeksiya manbai sutemizuvchilar – sivetlar, bambuk kalamushlar va yenotsifat itlar bo‘lgan.

🔹 Isroil havo kuchlari Livan janubiga bir qator yirik zarbalar berdi.

🔹 Turk lirasi dollarga nisbatan tez pasayishda davom etmoqda. 21 sentyabr kuni dollar kursi 34,09 liragacha ko‘tarilib, yangi rekordga yetgan.

🔹 Isroil-Amerika kengashi sammitida AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp yahudiy saylovchilar uning raqibi Kamala Xarrisni qo‘llab-quvvatlasa, Isroil halokat xavfi ostida qolishini aytdi. Tramp Qo‘shma Shtatlarga qochqinlar oqimining oldini olish uchun asosan musulmon davlatlar fuqarolariga sayohat taqiqini qo‘llashni aytmoqda.

🔹 Germaniyadagi qochqinlar soni yangi rekord darajaga yetdi – mamlakatga bu yil deyarli 3,5 million kishi kirib kelgan.

🔹 Janubiy Koreya Iroqqa 2,7 milliard dollarlik “ Chxongun-2” havo mudofaa tizimini yetkazib bermoqchi.

🔹 22 sentabrda Yerning Shimoliy yarimsharida astronomik kuz boshlanadi. Kuzgi tengkunlik Yerning Shimoliy yarimsharida astronomik kuzning boshlanishini belgilaydi va kun va tunning uzunligini tenglashtiradi.