Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Nurobodda 9 yoshli qizlarning 1421 nafarini odam papilloma virusiga qarshi emlash tadbirlari amalga oshirildi

Ayollar salomatligi sog‘liqni saqlash sohasining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan bachadon bo‘yni saratoni profilaktikasi va diagnostikasi hamda ayollarning reproduktiv salomatligini asrash masalalariga Hukumat va Sog‘liqni saqlash vazirligi katta e’tibor qaratib kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori talablarini bajarish hamda jahonning 102 mamlakatidan odam papillomasi virusi (OPV)ga qarshi vaksinani muvaffaqiyatli qullashni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va YuNISEF ko‘magida bachadon bo‘yni saratoniga olib keluvchi OPVga qarshi emlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi.

Joriy yilning 22 oktyabridan boshlab Nurobod tumanida istiqomat qiluvchi 9 yoshli qizlarni uyushgan holda OPVga qarshi emlash ishlari amalga oshirilmoqda. Bugungacha tumandagi 1591 nafar 9 yoshli qizlarning 1421 (89,3%) nafarida OPVga qarshi emlash tadbirlari o‘tkazildi.

Nurobod tumani hokimligi axborot xizmati.