Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tanlov e’lon qildi: g‘oliblar Xalqaro oila kunida ma’lum bo‘ladi

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, “O‘zbekkino” milliy agentligi bilan hamkorlikda 15 may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan “Oila — eng ulug‘ qadriyat”tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov mamlakatda oila instituti sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, oilaning davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni, an’anaviy oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash, zamonaviy namunali oilani shakllantirish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, mustahkam va farovon oilalar safini kengaytirish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash va ajrashishlarning oldini olish, “Oila” markazining faoliyatiga qaratilgan bo‘lib, quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

-        eng yaxshi maqola;

-        eng yaxshi ijtimoiy rolik;

-        eng yaxshi hujjatli va badiiy film.

 Tanlovga 2018 yil fevral oyidan 2019 yil aprel oyigacha bo‘lgan davrda tayyorlangan va e’lon qilingan ijodiy ishlar muallif (mualliflar)ning pasport nusxasi, ish joyi, manzili, telefon raqami, haqidagi ma’lumotlar ilova qilingan holda joriy yilning 10 may kuniga qadar qabul qilinadi.

 Tanlov g‘oliblari va sovrindorlari 15 may — Xalqaro oila kuni arafasida diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan tantanali ravishda taqdirlanadilar.

 Materiallar “Oila — eng ulug‘ qadriyat” tanloviga deb ko‘rsatilgan holda, quyidagi manzilga yuborilishi lozim:

 100017, Toshkent shahri, Sh.Rashidov ko‘chasi, 16-uy.

 Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi.

 Telefonlar: (99871) 239-47-79, 239-43-01.