Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Onlayn nazorat-kassa mashinasi “Daniel.uz”ga ma’qul keldi

Mamlakatimizda tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash, iste’molchilar huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi “Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi hisob-kitoblar tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ushbu sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ushbu yo‘nalishdagi ishlarni sifat nuqtai nazaridan yangi bosqichga chiqarishga xizmat qilmoqda.

Ushbu hujjatga asosan naqd pul tushumiga ega tadbirkorlik sub’yektlari bosqichma-bosqich onlayn nazorat-kassa mashinasi yoxud virtual kassadan foydalanishga o‘tkazilishi belgilangan. Jumladan, birinchi bosqichda alkogol va tamaki mahsulotlari, dori-darmon, avtomobillarga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz yoqilg‘isi savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlari onlayn nazorat-kassa mashinasi yoki virtual kassadan foydalanishga o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Ayni paytda Samarqand viloyatida 463 ta tadbirkorlik sub’yekti onlayn nazorat-kassa mashinasidan foydalanmoqda. Shundan 161 tasi alkogol, 10 tasi tamaki, 148 tasi dori-darmon, 120 tasi AYoQSh va AGQSh hamda 24 tasi boshqa faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlaridir. Qayd etish joizki, joriy yil oxirigacha viloyatda yana 1748 ta tadbirkorlik sub’yekti onlayn nazorat-kassa mashinasidan foydalanishga o‘tadi.

- Onlayn nazorat-kassa mashinasidan foydalanishning afzalliklari ko‘p, – deydi Samarqand shahridagi “Daniel.uz” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori Baxtiyor Subhonov. – Jumladan, fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalarini ishlatish, kassir-operatsiyachi tomonidan nazorat-kassa daftarini yuritish, ish kuni oxirida har bir nazorat-kassa mashinasi bo‘yicha kunlik hisobotni chiqarib olish majburiyatlari bekor qilindi. Bundan tashqari, kunlik o‘rtacha naqd pul tushumi miqdoridan qat’i nazar, naqd pulni bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali o‘zimiz belgilagan davrlarda yoki mustaqil ravishda topshirish huquqiga ega bo‘ldik.

Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati.