Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Oqdaryo dehqon bozori oldidan velosiped o‘g‘irlab ketgan shaxs ushlandi

4 noyabr kuni Oqdaryo tuman IIBga tumanning Navro‘z MFYda yashovchi, T. ariza bilan murojaat qilgan.

U o‘z arizasida 2020 yil 02 noyabr kuni tumanning Loyish shaharchasida joylashgan “Oqdaryo dehqon bozori” kirish darvozasi oldida qarovsiz qoldirgan bozor bahosi 1.000.000 so‘mlik “Ural-28” rusumli velosipedini noma’lum shaxs o‘g‘irlab ketganligini, ushbu noma’lum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasiga ko‘ra, mazkur jinoyat Oqdaryo tumani Uzunqishloq mahallasida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan R. tomonidan sodir qilinganligi aniqlanib, o‘g‘irlangan “Ural-28” rusumli velosiped tegishli tartibda daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirib olingan.

Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.