Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Oqdaryo tumani hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Bobomurod Shakarovich Arolov bugundan Oqdaryo tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ish boshladi.

1984 yilda Qo‘shrabot tumanida tug‘ilgan B.Arolov 2018-2019 yillarda Qo‘shrabot tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Shu paytgacha Qo‘shrabot tumani “Otash nur quruvchi” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori sifatida faoliyat olib borayotgan edi.