Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Oqdaryodagi yong‘inda “Captiva” yondi

2019 yilning 4 noyabr kuni soat 20:33 da Samarqand viloyatining Oqdaryo tumani Qirqdarxon mahallasida joylashgan fuqaro A.R.ning uyida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Ko‘rsatilgan manzilga 4 ta yong‘in o‘chirish texnikalari jalb etilgan. Birinchi bo‘linma voqea joyiga soat 20:48 da yetib borganda (eng yaqin yong‘in-qutqaruv qismigacha masofa 12 kilometr), alanga maydoni kengayib ketgandan so‘ng xabar berilgani uchun uyning asosiy tom qirilish konstruksiyalari ochiq alanga bilan yonayotganligi ma’lum bo‘lgan.

Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 21:08 da o‘rab olinib, soat 22:26 da bartaraf etilgan. Yong‘indan uyning 50 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan hamda alanganing qo‘shni uylarga tarqalishi oldi olingan.

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi bergan xabarga ko‘ra, hodisa natijasida tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan.

Yong‘in oqibatida yashash uyining 120 kvadrat metr maydonida tomi, shifti, ichki jihozlari va “Captiva” rusumli avtomobili yonib zararlangan.

Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.