Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘simlikka magniy yetishmasa nima qilish kerak?

Issiqxonada pomidor yetishtirishda magniy yetishmasligi avval o‘simlikning pastki barglarida dog‘lar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Dog‘lar boshlanishida och yashil rangda, keyinroq sariq, so‘ngra kulrang tusga kirib, o‘simlik bargi quriydi va to‘kiladi. Pomidor mevalari esa mayda bo‘lib, rivojlanmay qoladi.

Buning oldini olish uchun ekishdan avval yer maydoni 10 gramm (kv.m hisobida) sulfat magniy bilan oziqlantiriladi. Vegetatsiya davrida o‘simlik ildiz tizimi orqali 30 gramm magniy sulfat 10 litr suvda eritilib, oyiga 2 marta oziqlantiriladi. 15 gramm magniy sulfat 10 litr iliq suvda eritib, unga 5 gramm karbamid (mochevina) aralashtiriladi va bargi orqali ishlov beriladi.

Shuningdek, zang kanasi ochiq dala va issiqxonalarda yetishtiriladigan pomidor, baqlajon, bulg‘or qalampiri, kartoshka, sabzavot barglarini kesib, so‘rib zararlaydi.

Bu zararkunandaga qarshi suvda eruvchan 80 foizli oltingugurtni 5-7 kilogramm hisobida ishlatish tavsiya qilinadi. Kimyoviy usulda "Neoron", "Vispiromektim", "Virtumek" preparatlarini purkash tavsiya qilinadi.

Alisher Mamatqulov,

Samarqand viloyat o‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi agronom inspektori.