Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekiston National Geographic Traveler Awards 2019 tanlovida "Yil kashfiyoti" bo‘lishi mumkin. Ovoz bering

Armaniston, Tayvan, Ummon, Ruminiya hamda O‘zbekiston “National Geographic Traveler Awards 2019” tanlovining “Yil kashfiyoti” nominatsiyasida g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda.

“National Geographic” jurnalining Rossiyadagi versiyasiga ko‘ra, joriy yilda eng yaxshilar 24 nominatsiya bo‘yicha saralanmoqda. Mazkur mukofotni qo‘lga kiritish xalqaro turizm olamida juda katta nufuzga ega.

«Yil kashfiyoti» nominatsiyasida O‘zbekiston hozircha 22 foiz ovoz olib, 43 foiz ovozga ega Armanistondan keyin ikkinchi o‘rinda kelmoqda, deb xabar berdi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.

Ovoz berish jarayoni 12 oktyabrga qadar davom etadi. O‘zbekiston turizmining jahon sahnida yuksalishiga o‘z hissangizni qo‘shishingiz va uning “Yil kashfiyoti” nominatsiyasida g‘olib bo‘lishi uchun quyidagi havola orqali ovoz berishingiz mumkin.