Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasidagi "Chashma" bulog‘i hududida zamonaviy dam olish maskani barpo etiladi

Bu haqda So‘x tumani hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va Qirg‘iziston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Kubatbek Boronov voqea sodir bӯlgan joyga tashrif buyurishdi.

Janjal oqibatida Ӯzbekiston Respublikasi hududidagi uchta xonadonda yong‘in kelib chiqqan.

— Zarar ko‘rgan oilalar xonadonlarini qisqa muddatda tiklab beramiz, – dedi Abdulla Aripov. - Chashma bulog‘i bu mo‘jiza, insonlarga Yaratgan Egam tomonidan berilgan ne’mat. Shuning uchun bu muqaddas chashmadan ham bizning fuqarolar, ham qo‘shni respublika fuqarolari birdek foydalanadi.

Kelishuvga binoan, «Chashma» bulog‘ining atrofi panjara bilan ihotalanib, uning hududida zamonaviy dam olish maskani barpo etiladigan bo‘ldi.