Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekiston va Turkmaniston davlat chegarasini demarkatsiya qilish hujjatlarini hukumatlararo komissiya ko‘rib chiqadi

30 cyentyabr - 6 oktyabr kunlari Nukus shahrida O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha Qo‘shma O‘zbekiston-Turkmaniston hukumatlararo komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi TIV matbuot xizmati.

Uchrashuvda tomonlar demarkatsiyaning me’yoriy-texnik hujjatlarini solishtirib chiqqan. Tomonlar hujjatlarni Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha Qo‘shma O‘zbekiston-Turkmaniston hukumatlararo komissiyasi tomonidan tasdiqlashga kiritishga kelishgan.

Shuningdek, uchrashuvda o‘zaro chegarada aerofotosuratga olish yuzasidan ham muhokama o‘tkazilgan. Muzokaralar yakunida delegatsiyalar rahbarlari uchrashuv yuzasidan tegishli bayonnomani imzolagan.