Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zLiDeP Samarqand viloyat kengashiga yangi rais saylandi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Samarqand viloyat kengashining navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Viloyat kengashi a’zolari, deputatlar, hududiy kengashlar raislari hamda mas’ul xodimlari qatnashgan tadbirda yilning 4 oy davomida amalga oshirilgan ishlar va oldinda turgan saylov jarayonlariga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi.

O‘zbekiston savdo sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i  Yuldashev Sherali  Mamaraimovich O‘zLiDeP Samarqand viloyat kengashi raisi vazifasiga saylandi.

B.Qarshiyeva.