Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” talabalar uchun chegirmalar muddatini o‘zgartirdi

Har yili ikki haftalik qishki ta’til vaqtida temir yo‘l chiptalarini sotib olishga beriladigan chegirmalar haqida batafsil ma’lumot berish borasida murojaatlarni inobatga olgan holda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” quyidagilarni ma’lum qildi.

Xabaringiz bor, joriy yilning 22 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlar deputatligi uchun saylovlar o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan 2019 yil 16-22 dekabr kunlari va 2019 yil 28 dekabrdan 2020 yil 6 yanvarga qadar oliy o‘quv yurtlari talabalari va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilariga temir yo‘l chiptalarini sotib olishlari uchun 50 % chegirma taqdim etiladi. Chegirmalar faqat ichki yo‘nalishdagi poyezdlarga (yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» poyezdi bundan mustasno), deyiladi xabarda.

Avvalroq «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati 2019 yilning 31 dekabr – 2020 yilning 2 yanvar kunlari mahalliy yo‘nalishlarda yo‘lovchilarga, xususan Oliy o‘quv yurtlari hamda kollej va litsey o‘quvchilari uchun chegirmalar taqdim etgandi.

Eslatib o‘tamiz, oliy ta’lim muassasalari talabalari va akademik litsey hamda professional ta’lim muassasalari o‘quvchilariga 2019-2020 o‘quv yili qishki ta’til kunlari 2019 yil 20 dekabrdan 2020 yil 6 yanvargacha etib belgilandi.