Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Past Darg‘omda poyezd piyodani urib yuborgan

Kecha, 2 yanvar kuni soat 12:45 larda mashinist, 49 yoshli M.A. boshqaruvidagi 0113-sonli yo‘lovchi poyezdini Past Darg‘om tumani hududida, Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeliga qarashli “Maroqand-Gumbaz” bekatlari oralig‘idagi 3745-kilometr, 7-piketida harakatlantirib ketayotgan vaqtida temir yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan piyoda, 40 yoshli X.Yu.ni urib yuborgan.

Oqibatda X.Yu. hodisa joyida vafot etgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda va hodisa sabablari o‘rganilmoqda.