Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Paxta mavsumida 158 nafar mansabdor shaxs javobgarlikka tortildi

2020 yil paxta yig‘im-terimi mavsumi o‘z nihoyasiga yetayotgan bo‘lsa-da, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan majburiy mehnatga qarshi kurash bo‘yicha monitoring tadbirlari olib borilmoqda.

Joylarda 2 570 dan ortiq tashkilot, fermer xo‘jaligi va klasterlarda o‘tkazilgan monitoring natijasida mehnat munosabatlariga rioya qilinishi yuzasidan 158 nafar mansabdor shaxslar ma’muriy javobogarlikka tortilgan.

Monitoring natijalariga ko‘ra, respublikamizning ayrim hududlarida kuzatilayotgan majburiy mehnat holatlari bo‘yicha Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan keskin choralar ko‘rilmoqda.

Xususan, joylarda 2 570 dan ortiq tashkilot, fermer xo‘jaligi va klasterlarda o‘tkazilgan monitoring natijasida mehnat munosabatlariga rioya qilinishi yuzasidan 158 nafar mansabdor shaxslar ma’muriy javobogarlikka tortilgan.

Bunda, 35 nafar mansabdor shaxsga majburiy mehnatga jalb etish holati yuzasidan 372 million 410 ming so‘m miqdoridagi ma’muriy jarima, band bo‘lmagan aholini terimga jalb qilish, terimchilar uchun munosib mehnat hamda dam olish sharoitlarini yaratish, terim pullarini o‘z vaqtida va belgilangan me’yorlarda berish masalalari yuzasidan 123 nafar mansabdor shaxslarga 204 million 937 ming so‘m miqdorida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasi bo‘yicha javobgarlik qo‘llanilgan.