Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Payariq-Samarqand” yo‘nalishidagi yo‘lovchilarga avtobuslar 3 ming, mikroavtobuslar 4 ming so‘mdan xizmat ko‘rsatmoqda

Kecha, 23 noyabr kuni Zarnews.uz saytida Payariq tumanini Samarqand shahri bilan bog‘lovchi yo‘nalishlarda yo‘l kira narxlarining asossiz ravishda oshirilishi yuzasida yo‘lovchilardan tushgan murojaatlar chop etildi.

Viloyat transport boshqarmasi “Avtomobillarda tashuvlar xavfsizligini ta’minlash yuzasidan nazorat qilish bo‘limi” inspektorlari tomonidan tashuvchi korxonalar rahbarlari bilan hamkorlikda o‘rganish ishlari olib borildi.

Hozirda Payariq tumani bilan Samarqand shahrini bog‘lovchi “301 Payariq ABB – Shohi Zinda ABB” va “411 Payariq ABB – Shohi Zinda ABB” yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari mavjud.

Yo‘l kira narxlarini asossiz ko‘tarishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida haydovchilar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borildi. Bugungi kunda ushbu yo‘nalishlarda avtobuslar 3000 so‘mdan, mikroavtobuslar 4000 ming so‘mdan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati.