Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Putin sevimli ichimlik retsepti bilan o‘rtoqlashdi

Agrosanoat kompleksi ishchilari bilan uchrashuv chog‘ida Putindan qanday choy ichishni yaxshi ko‘rishi haqida savol berildi, deb yozmoqda Sputnik.

“Choy ichmayman, men qaynatilgan, ustidan qaynoq suv quyilgan Oltoy o‘tlarini ichaman”, deb javob berdi Rossiya yetakchisi.

Dushanba kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Adigeyadagi atirgul yetishtirish issiqxonaga tashrif buyurib, ko‘rgazma bilan tanishdi.

Qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasida davlat rahbari pishloq, non, sariyog‘ va kolbasa mahsulotlari, sut va baliq mahsulotlari bilan tanishdi.

Keyinchalik prezident agrosanoat majmuasi rahbariyati va ishchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.