Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qalampir urug‘i o‘rniga olma kukuni olib o‘tishga uringan “tadbirkor” bojxonada ushlandi

Bir necha yil ichida mamlakatimizdan meva-sabzavotlarni xorijga sotishda eksportyorlarga bir qator yengilliklar yaratildi. Ushbu mahsulotlar bojxona ko‘rigidan o‘tkazilmasdan 3 soat ichida rasmiylashtirilib, eksport tovari bo‘lgan avtotransport vositalari chegara bojxona postlaridan navbatsiz harakatlanmoqda.

Biroq, shuncha imkoniyatga qaramasdan qing‘ir yo‘llardan foydalanadigan, tovarlarni boshqa nom bilan deklaratsiyaga kiritib, ularning bahosini o‘zgartirib eksportga chiqaradigan “tadbirkor”lar ham yo‘q emas.

Masalan, 24-avgustda yuk kuzatuv hujjatlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyati Xovos tumanida joylashgan “G‘ulomjon-Bog‘lari” fermer xo‘jaligi a’zosi X.S. tomonidan 315 ming dollarlik jami 21 tonna quritilgan qalampir urug‘lari eksportini  rasmiylashtirish uchun “Samarqand” tashqi iqtisodiy bojxona postiga topshirdi. Ushbu mahsulot xavfni boshqarish axborot avtomatlashtirilgan tizimi orqali “qizil yo‘lak”ka yo‘naltirilib, post xodimlari va xolislar ishtirokida tovar ko‘zdan kechirilganda deklaratsiyada ko‘rsatilgan tovardan 2,65 tonna bor ekan. Uning o‘rniga hujjatda qayd etilmagan 9,53 tonna quritib maydalangan olma borligi aniqlandi.            

Xo‘jalik a’zosining yolg‘on ma’lumotlariga asosan bojxona hujjatlari rasmiylashtirilib, deklaratsiyada ko‘rsatilmagan tovarlar vaqtincha saqlash uchun olindi.  Bu haqda Samarqand viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.