Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qanday tadbirkorlar 2023 yilga qadar barcha turdagi soliqdan ozod etilgan?

Qishloq joylarida maishiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tadbirkorlik qiladigan shaxslar 2023 yilning 1 iyuliga qadar soliqning barcha turidan ozod etilgan. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma’lum qilindi.

"Qishloq tumanlarida sartaroshxona xizmatlarini, yakka tartibdagi buyurtmalar bo‘yicha kiyim tikish xizmatlarini, poyabzal ta’mirlash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni tashkil etgan, shuningdek, jamoat hammomlarini tashkil etgan yakka tartibdagi tadbirkorlar 2023 yil 1 iyulgacha barcha turdagi soliqlar to‘lashdan ozod etilgan", deyilgan ma’lumotda.