Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qirg‘izistonda bitiruvchilar do‘sti xotirasi uchun uning 14 yoshli o‘g‘li Siymik uchun uy qurib berishdi

Bu haqda Qirg‘izistonning Turmush nashri xabar bermoqda.

8-sinfni tugatgan Siymik buvisi Kalikan Mendegulova bilan birga Issiq-ko‘l viloyatida yashaydi. «Siymikni chaqaloqligidan o‘zim tarbiyalayman. 67 yoshdaman. Maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlardim, ammo sog‘ligim tufayli ishdan chiqishimga to‘g‘ri keldi. Qolaversa, nevaram otasidan ayrilgan payti 2-sinfda o‘qirdi, unga qarash o‘zimga qoldi. O‘g‘lim yurak xurujidan vafot etgan. O‘shandan buyon nevaram ikkimiz yashaymiz», deydi onaxon.

Ayol nevarasi uchun uy qurish harakatida ekanligini eshitgan sobiq sinfdoshlar do‘sti xotirasi uchun ayolga uy qurib berishga ko‘makka kelishdi. «O‘g‘limning sinfdoshlari bu yil maktabni tugatganiga yigirma yil to‘ldi. Ular nevaram uchun uy qurib berishni to‘liq zimmasiga olib, svet, gazlarini ham o‘tkazib berishdi. Hamma sharoitlari bor hozir uyimizda. Ulardan minnatdorman», deya fikrini bildirgan Kalikan Mendegulova.