Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 111 nafarga yetdi

1 aprel holatiga qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasida koronavirus bilan kasallanganlar soni 111 nafarga yetdi. Bu haqda mamlakatning COVID-19 ga qarshi kurashish shtabi xabar berdi.

“2020 yilning 1 aprel holatiga ko‘ra, respublika bo‘ylab 4 nafar yangi COVID-19 virusi yuqtirganlar aniqlandi”, deb ma’lum qildi shtab vakili.

Kasallik tarqalishi munosabati bilan mamlakatda favqulodda vaziyat e’lon qilingan. Bir nechta shaharlarda va mamlakat poytaxtida, favqulodda holat rejimi amal qilmoqda.