Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qo‘shrabotda o‘g‘irlik qilgan ayol ushlandi

Samarqand viloyatidagi Qo‘shrabot tumani IIBga tumanning Boypurushli MFYda yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan B.Sh. ariza bilan murojaat qilib, tumanning Qo‘rolos MFYda joylashgan “Qo‘shrabot dehqon bozori”da qo‘lida bo‘lgan bozor sumkasini rasta oldiga qo‘yib, mahsulotlar xarid qilayotgan vaqtida, noma’lum shaxs ushbu sumkaning ichida bo‘lgan 1.300.000 so‘m pullarni va turmush o‘rtog‘iga tegishli fuqarolik pasportini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.

Tuman IIB tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyat Qo‘shrabot tumani, Pangat MFYda yashovchi, 1961 yilda tug‘ilgan T.O. ismli ayol tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, undan 987.000 so‘m pullar va B.M.ga tegishli fuqarolik pasporti daliliy ashyo tariqasida olingan.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan T.O.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.