Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Rossiyada O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi

O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi 35 yoshli O‘zbekiston fuqarosi M.I. jasadi topilganligi haqidagi OAVda tarqalgan ma’lumotni tasdiqladi, deb xabar bermoqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

2019 yil 3 sentyabr kuni M.I. Leningrad viloyatining Vsevolojsk tumanidagi qurilish maydonchasida balandlikdan qulash natijasida vafot etgan.

Fojiali voqea yuzasidan Bosh konsulxona Leningrad viloyati huquqni muhofaza qilish idoralari bilan aloqada bo‘lib turibdi. Hozirda marhumning jasadini O‘zbekistonga yuborish masalasi hal qilinmoqda.