Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Rustam Emomali: Imom Buxoriy g‘oyat noyob, o‘ta qimmatli meros qoldirgani bilan butun islom dunyosining yuksak ehtiromiga sazovor

Tojikiston Respublikasi poytaxti Dushanbe shahri raisi Rustam Emomali Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdi.

Mehmon markaz muzeyida bo‘lib, buyuk muhaddisning hayoti va izlanishlari haqida hikoya qiluvchi surat va eksponatlarni ko‘zdan kechirdi hamda Imom Buxoriy g‘oyat noyob, o‘ta qimmatli meros qoldirganini, shu bois haqli ravishda nafaqat o‘zbek va tojik xalqlari, balki butun islom dunyosining yuksak ehtiromiga sazovor ekanini ta’kidladi.

Markaz rahbariyati va ilmiy xodimlari bilan suhbatda O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnilik munosabatlari keyingi yillarda izchil rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan tilga olindi. Ikki qardosh mamlakat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli ko‘p qirrali hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga chiqayotgani, ikki xalq o‘rtasida strategik sheriklik yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi axborot xizmati.