Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand viloyati hokimining QARORI

Viloyat hokimining 2020 yil 20 fevraldagi «Viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslari ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovlari va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymati miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 22-Q-son qaroriga o‘zgartirish kiritish haqida

O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 apreldagi «Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-1326-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 2010 y. 17-son, 131-modda)ga muvofiq, viloyat bozorlar va savdo komplekslari uyushmasining 2020 yil 13 martdagi (66-son) murojaati, viloyat moliya bosh boshqarmasining 2020 yil 13 martdagi (01/02-38/377-son) xulosasi hamda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari J.O‘roqovning 2020 yil 14 martdagi (223/01-30-son) bildirgisini inobatga olib QAROR QILAMAN:

1. Viloyat hokimining 2020 yil 20 fevraldagi «Viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslari ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovlari va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymati miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 22-Q-son qarori («Zarafshon» gazetasi, 2020 yil 22 fevral, 23-24-son) 2-ilovasining 3.14 va 3.15-bandlari chiqarib tashlansin.
2. Viloyat hokimligi axborot xizmati – matbuot kotibi (M.Mirzayev) mazkur qarorni «Zarafshon» va «Samarkandskiy vestnik» gazetalarida e’lon qilinishini hamda viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini ta’minlasin.
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari J.O‘roqov zimmasiga yuklatilsin.

Viloyat hokimi       E.TURDIMOV

Samarqand shahri

2020 yil 31 mart

№ 46-Q