Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand shahridagi 1-tug‘ruq majmuasi elektr ta’minotidagi qisqa muddatli uzilishga oydinlik kiritildi

Bugun, 4 noyabr kuni Zarnews.uz saytida “Samarqanddagi tug‘ruqxonada nega chiroq yo‘q? Onalar esa operatsiya stolida!” sarlavhali murojaat “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan batafsil o‘rganilib, quyidagilar ma’lum qilinadi.

Ma’lum bo‘lishicha, bugun 14:04 da Samarqand shahridagi “Shimoliy” nimstansiyaning 44 fiderida (elektr energiyani ta’minlovchi punktlarga beradigan tarmoq) yuklama ortib ketishi oqibatida yuqori kuchlanishli 2 ta kabel uzatish tarmog‘i nosoz holga kelgan va elektr energiyasida uzilish bo‘lgan. Shundan so‘ng "Samarqand shahar elektr ta’minoti korxonasi"ning maxsus ishchi guruhi tomonidan 14:42 da boshqa 107 fiderga ulab berilgan.

Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq holatlar yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan ishga tushirilgan Call-Markazining 11-54 raqami yoki Telegram’dagi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan muloqot” kanali (@hetmuloqot, @HET_admin) orqali ham o‘z murojaatlaringizni yo‘llashingizni so‘raymiz.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ axborot xizmati.