Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand shahrining yana bir ko‘chasida transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatiga tashrifi davomida o‘tkazilgan majlis bayoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 maydagi “Samarqand shahrida 2019-2022 yillarda amalga oshiriladigan ulkan bunyodkorlik ishlari  to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Samarqand shahrining ko‘plab ko‘chalarida keng ko‘lamli qurilish va bunyodkorlik ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Samarqand shahridagi O‘zbek Trakt ko‘chasining Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi non bozori oldidan M-37 yo‘ligacha bo‘lgan qismida ham mukammal ta’mirlash ishlari boshlandi. Mazkur jarayonda jamoat tartibini saqlash hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida Samarqand shahar hokimi Boburmirzo Obloqulov farmoyish qabul qildi.

Unga ko‘ra, mazkur yo‘lning ish olib borilayotgan qismilarida transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.

Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.