Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand viloyatidagi sayyor sudlarda 39 nafar shaxs shartli ozod qilindi

Viloyat sudlari hamkorligida Qo‘shrabot va Ishtixon tumanlarida tadbirkorlik sub’yektlari vakillari hamda fuqarolar bilan uchrashuv, davra suhbati va sayyor qabullar tashkil qilindi. Tadbirlarda fuqarolarning muammolari yechimini topishda tegishli huquqiy tushuntirishlar berilib, amaliy yordam ko‘rsatildi.

Xususan, Qo‘shrabot tumani “Barkamol avlod” bolalar markazi binosida o‘tkazilgan sayyor qabul jarayonida 6 nafar fuqaroning murojaati tinglandi. Ishtixon tumani Xalq qabulxonasida o‘tkazilgan sayyor qabulga 4 nafar fuqaro murojaat qildi.

Tashkil etilgan sayyor sudlarda 39 nafar shaxs, jumladan, 6 nafar ayollar tayinlangan jazodan shartli ozod qilindi. Shuningdek, ma’muriy ishlar yuzasidan 19 nafar shaxsga nisbatan ishlar tugatildi.