Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqanddagi bog‘chalarda zaharlanish sodir etilganligi yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati bayonot berdi

Samarqand shahar DSENMning 2019 yil 11 oktyabr kuni soat 14:00 dagi xabariga ko‘ra, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga shu kuni soat 10:00da shahardagi 80, 98 hamda 106-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlarning 12 nafar tarbiyalanuvchilari ovqatdan zaharlanish toksikoinfeksiyasi yengil-o‘rta darajasi tashxisi bilan yotqizilgan.

Aniqlanishicha, tarbiyalanuvchilar qayd etilgan maktabgacha ta’lim muassasalarida osh, borщ, makaron, salat kabi aralash ovqatlarni iste’mol qilganliklari oqibatida sog‘liqlari yomonlashib shifoxonaga murojaat qilishgan.

Shahardagi 80, 98 va 106-maktabgacha ta’lim muassasalariga “E.M.” korxonasi tomonidan autsorsing xizmati ko‘satilib kelingan.

Mazkur zaharlanish holati yuzasidan viloyat DSENM tomonidan 80, 98 va 106-MTTlar faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.

Hozirda bemorlarning ahvoli qoniqarli bo‘lib, davolash muolajalari davom ettirilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan 11 oktyabr kuni JKning 257-1-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyat ishi shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limiga yuborildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.