Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda 5 mingdan ortiq oila sha’riy nikoh bilan yashayotgani aniqlangan

Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, senator Gavhar Alimova bilan O‘zA muxbiri xotin-qizlarning manfaatlarini himoya qilish, oiladagi o‘rnini mustahkamlash borasidagi yutuqlar va kamchiliklar mavzusida suhbatlashdi.

Suhbat davomida Gavhar Alimova 2018-2019 yillarda viloyatda 5 mingdan ortiq oila sha’riy nikoh bilan yashayotganini, hozirda ularning 4 mingtasi FXDYodan o‘tkazilganini aytib o‘tgan. 300 nafarga yaqin fuqaro qonuniy nikohdan ajrashmagan bo‘lsa-da, boshqa oila qurgan.

"Bunda ular tibbiy ko‘rikdan ham o‘tmay oila qurgan. O‘ylab ko‘ring, yigit yoki qiz har xil, jumladan, yuqumli kasalga chalingan bo‘lishi ham mumkin. Yaqinda bir ayol yig‘lab keldi, sha’riy nikoh bilan turmushga chiqib, eridan sil yuqtirgan. Yana bir ayolni o‘rgandim. Turmush qurgach, 6 oydan keyin sog‘lig‘i yomonlashgan, homilador bo‘lsam kerak, degan fikrda shifokorga borsa, SPID aniqlangan. Mana sha’riy nikoh oqibati. Bunday holatda farzand sog‘lom bo‘lishi, uning taqdiri go‘zal bo‘lishiga kim kafolat beradi?", deya qonuniy nikohdan o‘tmaslik oqibatlari haqida aytib o‘tgan senator.