Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda biometrik ma’lumotlarni yig‘ish qurilmalari soni 20 taga yetdi

Samarqandda viloyat ichki ishlar boshqarmasi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda uning joylardagi xodimlari ishtirokida o‘quv seminar o‘tkazildi.

Seminarda Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Ulug‘bek Muhamedov tizimda 2019 yilda amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, joriy yilda aholiga xizmat ko‘rsatishda yanada qulayliklar, qabul jarayonlarida zamon talablariga mos sharoitlarni yaratish, har bir fuqaro bilan xushmuomalada bo‘lish, tizimda ortiqcha sarsongarchilik, qog‘ozbozliklar o‘rniga innovatsion elektron tizimlarni yo‘lga qo‘yish loyihalari ishlab chiqilayotganligi to‘g‘risida to‘xtaldi.

Ta’kidlandiki, aholi sonidan kelib chiqqan holda viloyatning Oqdaryo, Jomboy hamda Nurobod tumanlari migratsiya xizmatlariga qo‘shimcha 3 dona xorijga chiqish biometrik ma’lumotlarni yig‘ish qurilmalari o‘rnatilib, viloyat bo‘yicha jami qurilmalar soni 20 taga yetdi.

Seminar davomida soha xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, tizim faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan ishtirokchilarning takliflari tinglandi.