Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda ishdan bo‘shatilgan ichki ishlar organi xodimi vazifasiga tiklanib, majburiy ish qoldirgan kunlari uchun ish haqi undirib berildi

Sherxon Jamilov (ism, familiyalar o‘zgartirilgan) 2006 yilda O‘zbekiston Respublikasi IIV akademiyasining serjantlar tarkibini tayyorlash bo‘yicha oliy kursini tamomlab, Samarqand viloyati IIB PPXB maxsus otryad inspektori lavozimiga ishga tayinlandi.

U 2019 yil 7 fevralda rahbariyat topshirig‘ini bajarayot vaqtda, shaxsiy avtomashinasida yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborib, unga og‘ir tan jarohati yetkazadi. Oqibatda Sh.Jamilovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib boriladi. Ish yakuni bo‘yicha ikki tomon yarashganligi, jabrlanuvchining unga nisbatan hech qanday da’vo va arizasi mavjud bo‘lmaganligi sababli sudning ajrimi bilan jinoyat ishi yurituvdan tugatiladi.

Biroq bu orada boshqarmaning kadrlar bo‘limi xodimi Sherxon Jamilovni 2019 yil 10 mayda chaqirib, 6 maydan ishdan bo‘shaganligini aytadi. Shundan so‘ng ishga qayta tiklash uchun qilgan harakatlari samara bermaganligi hamda IIB tomonidan ishga tiklash masalasida fuqarolik sudiga murojaat etishligi lozimligi tushuntirilgach, Sh.Jamilov fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudiga da’vo qo‘zg‘atadi.

Biroq fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining hal qiluv qarori bilan uning da’vosi rad etiladi va qarordan norozi bo‘lib, apellyasiya shikoyati beradi.

Apellyasiya instansiya sudi viloyat IIBning g‘ayriqonuniy buyrug‘iga nazar solib, “O‘zbekiston Respublikasi IIOlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ning 144-bandi “l” bandi (jinoyati uchun sudning hukmi, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin hukm qilinganligi)ga asosan Sherxon Jamilov ishlab kelgan vazifasidan ozod etilib, O‘zbekiston Respublikasi IIOlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq ichki ishlar organlari xizmatidan “Qurolli kuchlar rezerviga” bo‘shatilganligi, mazkur buyruq chiqarilishida JIB Samarqand shahar sudining ajrimi va Sherxon Jamilov rahbariyati tomonidan yuborilgan taqdimnoma asos qilib olinganligiga huquqiy baho berdi.

Ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilishda asoslangan Nizom bandiga ko‘ra, Sh.Jamilovning jinoyati uchun sudning ajrimi qonuniy kuchga kirganidan keyin hukm qilinganligi yoki jazo qo‘llanilganligi holati mavjud emas. Sherxon Jamilov sudlanmagan hisoblanadi va sudlanmagan shaxslar ichki ishlar organlarida xizmat qilishi mumkin.

Shulardan kelib chiqqan holda fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudi apellyasiya instansiyasining ajrimi bilan fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining hal qiluv qarori bekor qilindi.

Samarqand viloyati IIBning buyrug‘ini g‘ayriqonuniy deb topilib, bekor qilinib, da’vogar Sh.Jamilov viloyat IIB patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi bo‘linmalari patrul-post xizmati bataloni xizmatni tashkillashtirish guruhi inspektori katta serjanti xizmatiga ishga tiklandi.

Sherxon Jamilov foydasiga javobgar Samarqand viloyati IIBdan majburiy ish qoldirgan kunlari uchun ish haqi undirildi.

B.XUDAYBERGANOV,

fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi sudyasi.